Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tun kulgisi!.. (23-qism)

Tun kulgisi!.. (23-qism)

Boyvachcha mahalliy gazeta muharriri kabinetiga kirib kelib so‘radi:

— Bu qanaqasi? Bir hafta oldin “Itim yo‘qolib qoldi. Topgan odamga ming dollar mukofot beraman” deb e’lon bergandim. Haligachayam chop etmabsizlar-ku!

— To‘g‘ri, hali chop etmadik.

— Sabab?

— Sababi shuki, barcha xodimlarimiz bir hafta oldin itingizni qidirib chiqib ketishgan.

***

Vrach ayoldan so‘radi:

— Nega uzoq vaqt tekshirtirishga kelmadingiz?

— Men... Kasal edim...

 

***

Vrach bemorga qanday tashhis qo‘yishni bilmay garang edi. Oxiri u bemordan so‘radi:

— Ilgariyam shu yeringiz bezovta qilib turarmidi?

— Ha, besh yil oldin bezovta qilgandi.

— Ha-a... Demak, qaytalanibdi-da!

 

***         

Bir bemorning hasratidan:

— Tish do‘xtirini qancha boqma, baribir og‘zingga qarayveradi!

Kiritildi: 23:00 28.10.2020. O'qildi: 2125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!