Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Tun kulgisi!.. (22-qism)

Tun kulgisi!.. (22-qism)

Keksa professor hamkasblariga dedi:

— Yaqinda tush ko‘ribman. Tushimda talabalarga leksiya o‘qiyotganmishman. Ko‘zimni ochib qarasam, haqiqatan leksiya o‘qiyotgan ekanman.

* * *

Sug‘urta kompaniyasi xodimi mijozdan so‘radi:

— Siz uchun mashinangiz qimmatliroqmi, xotiningizmi?

— Ahmoqona savollar berasiz-a! Albatta xotinim.

— Nega?

— Chunki mashinam xotinimning nomida.

* * *

Yigit va qizning birinchi uchrashuvi.

Yigit:

— Nega poshnali tufli kiydingiz? Zo‘rg‘a yurayapsiz-ku!

— Sizga bo‘yi uzun qizlar yoqadi deb o‘ylagandim.

— Yo‘q, menga aqlli qizlar yoqadi.

— Buning uchun, mana, ko‘zoynak taqib olganman.

* * *

Ona o‘g‘ilchasini urishayapti.

— Sen cho‘chqacha, hamma kiyimlaringni iflos qilib bo‘lding!.. Cho‘chqacha nimaligini bilasanmi?

— Ha, cho‘chqacha cho‘chqaning bolasi-da!

Kiritildi: 23:00 27.10.2020. O'qildi: 2207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!