Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

⚡️To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

⚡️To‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

✅ Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

🔰 Bunda:

➖ tijorat banklari ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;

➖ ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

➖ ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

🚫 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

➡️ Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi.

💰 Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratiladi.

Kiritildi: 19:18 30.07.2021. O'qildi: 2985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!