Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

TTA rektori talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

TTA rektori talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 27 dekabr kuni yoshlar bilan uchrashuvida barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga yoshlar bilan muntazam muloqotda bo‘lishi, ularning fikrlarini tinglash vazifasi qo‘yilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, vazir o‘rinbosarlari boshchiligidagi tizimdagi barcha rahbar-xodimlarning talaba-yoshlar bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Laziz To‘ychiyev talabalar bilan ochiq muloqotda bir oy mobaynida “Rektorga savolim bor” loyihasi doirasida  talabalardan kelib tushgan savollarga javob berdi. 

Talabalar tomonidan ishga joylashish, o‘qishini boshqa OTMga ko‘chirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar almashinuvi, ilmiy grant loyihalarida ishtirok etish, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, fanlar bo‘yicha tanlovlar tashkil etish va boshqa masalalarda savollar berildi.

TTA rektori talabalarning o‘qish vaqtlarida ishlashlariga (amaliyot bilan shug‘ullanishga) imkoniyatlar yaratish, stipendiya va murabbiylik masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalari bilan qiziqdi hamda ularni birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirishga kelishib oldi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kiritildi: 22:20 21.02.2020. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!