Gazetaning manbalariga tayanib xabar berishicha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va mamlakatning boshqa rasmiylari bilan muzokaralarni AQSh prezidentining maxsus vakili Richard Grenell olib borgan. Biroq o‘tgan hafta Donald Tramp unga qo‘ng‘iroq qilib, barcha diplomatik aloqalarni, shu jumladan, muzokaralarni ham to‘xtatishni buyurgan.
"Tramp Maduro Vashingtonning “hokimiyatdan ixtiyoriy ravishda voz kechish” talabini bajarmaganidan va venesuelalik rasmiylarning narkosavdoga aloqadorliklarini rad etishda davom etayotganidan norozi bo‘lgan", deya yozmoqda The New York Times.
Nashr manbalariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati bir necha harbiy ssenariylarni ishlab chiqqan, ular orasida Maduroni hokimiyatdan chetlashtirishga qaratilgan amaliyotlar ham bor. Maduro esa AQShning maqsadi "qo‘g‘irchoq hukumat yaratish" va Venesuelaning tabiiy boyliklarini egallash ekanini da’vo qilmoqda.