Bu haqda The New York Times ma’lum qildi.
Nashr manbasiga ko‘ra, Tramp kampaniyasi amaldagi prezidentlar bilan ishlashda foydalaniladigan harbiy vositalarni so‘ragan. Masalan, Trampning saylovoldi tadbirlarida o‘q o‘tkazmaydigan oynadan foydalanish, uning qarorgohlari va mitinglari o‘tkaziladigan hududlar ustidan parvoz cheklovlarini kengaytirish kabilar shular jumlasidan hsoblanadi.
The Washington Post gazetasining xabar berishicha, Trampning ittifoqchisi, kongressmen Maykl Uolts AQSh Maxfiy xizmatiga Trampning parvozlarida uning shaxsiy samolyotini qo‘shimcha himoya qilishni so‘rab maktub yo‘llagan. Bundan tashqari, Trampning saylovoldi kampaniyasi prezidentlikka nomzod safarlarda harbiy transportdan foydalanishini so‘ragan.
The New York Times'ning yozishicha, Trampning saylovoldi kampaniyasi bo‘yicha katta maslahatchisi Syuzi Uayls Maxfiy xizmat xodimlarining yetishmasligi sababli Tramp muhim voqealarni keyinga qoldirishi yoki bekor qilishga majburligini bildirgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden brifingda Donald Tramp uchun “amaldagi prezident”ga beriladigan darajadagi barcha zaruriy vositalar ajratilishini buyurganini ma’lum qildi.
Tramp saylovoldi kampaniyasining xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha so‘rovlari respublikachi nomzodning maslahatchilarni "Eron hali ham Trampni o‘ldirish uchun fitna uyushtirishni rejalashtirayotgani" haqida ogohlantirganidan keyin paydo bo‘ldi. The Washington Post manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Trampning maslahatchilari dron va raketa hujumlaridan xavotirda.