Isroil, AQSh prezidenti Donald Trampning “hujumlarni zudlik bilan to‘xtatish” chaqirg‘iga qaramasdan, tun bo‘yi G‘aza sektoriga ko‘lamli havo va artilleriya zarbalarini berdi.
Falastin tibbiy manbalari va guvohlar ma’lumotlariga ko‘ra, tun davomida anklafning turli hududlari qattiq bombardimon qilingan.
Isroil qiruvchi samolyotlari G‘aza shahridagi ikki turar-joy binosiga va Nusayrat qochqinlar lageriga zarba bergan. G‘aza va Xon Yunus mahallalari ham keng ko‘lamli hujumlardan jabr ko‘rgan.
Guvohlar ta’kidlashicha, Isroil armiyasi portlovchi moddalar o‘rnatilgan masofadan boshqariladigan robotlar yordamida bir kecha-kunduzda G‘azaning turli qismlarida bir necha binolarni portlatgan. Hujumlar natijasida sakkiz falastinlik, jumladan ikki nafar bola halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar yaralangan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda G‘azadagi o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga bag‘ishlangan videomurojaatini e’lon qilgan edi. U Turkiya, Qatar va boshqa mamlakatlarga otashkesim jarayoniga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.
Tramp HAMAS doimiy tinchlikka intilayotganiga ishonch bildirib, Isroilni mahbuslarni ozod qilish uchun G‘azoni bombardimon qilishni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, u HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish rejasiga munosabatini ham baxolagan.