Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi haqida nima dedi?

Tramp Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi haqida nima dedi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirusga qarshi vaksina "ish berishiga" umid qilmoqda.

"Bizning bu haqda ozgina xabarimiz bor. <...> Ular ayrim tadqiqotlarni olib tashlashgan. Biz bu jarayondan o‘tish juda muhim deb hisoblaymiz", - deb aytgan davlat rahbari matbuot-anjmanida.

O‘z navbatida, AQSh vaksina ishlab chiqishda "juda oldinlaganini" qo‘shimcha qilgan.

Sal oldin CNN tarqatgan xabarga ko‘ra, Moskva dori vositasining ishlab chiqishini tezlashtirishga qaratilgan "Sverxzvukovaya skorost" operasiyasi doirasida AQShga o‘z yordamini taklif qilgan, hamkorlik "Sputnik V" vaksinasini AQShda ishlab chiqarishga imkon berishini ko‘zda tutgan edi.

Biroq, AQSh Rossiyaning tibbiy ishlanmalariga "ochiq" emasligini ma’lum qilib, rad etgan.

Rossiya seshanba kuni "Sputnik V" deb nomlangan, barcha zarur tekshiruvlardan o‘tgan va barqaror immunitetni shakllantiradigan dunyoda birinchi COVID-19ga qarshi vaksinani ro‘yxatga olganini e’lon qilgan edi.

Dunyoning 20dan ortiq davlati ushbu vaksinani xarid qilish uchun navbatda turibdi.

Shu bilan birga, Rossiya beshta davlatida vaksina ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishuvga erishgan, mavjud quvvatlar yiliga 500 million dozani ishlab chiqarish imkonini beradi.

Kiritildi: 10:18 15.08.2020. O'qildi: 3782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!