Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha maxsus elchi lavozimini joriy etadi

 Tramp Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha maxsus elchi lavozimini joriy etadi

Tramp Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha maxsus elchi lavozimini joriy etishni va unga AQShning Germaniyadagi sobiq elchisi Richard Grenellni tayinlashni rejalashtirmoqda —Reuters

Agentlik bu haqda Donald Trampning rejalari bilan tanish bo‘lgan manbalariga tayanib yozmoqda.

Richard Grenell Trampning oldingi prezidentlik muddatida qisqa vaqt Milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan, ammo keyinroq bu lavozimdan voz kechgan.

Reuters agentligining qayd etishicha, Grenell Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainada "avtonom zonalar" yaratish tarafdori bo‘lgan, shuningdek, Ukrainaning NATO'ga kirishiga qarshi chiqqan. Manbalar Grenellning uzoq vaqt davomida Yevropada diplomatik xizmatda ishlaganini va "Evropa ishlarini yaxshi bilishini" ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Grenell 2018 yildan 2020 yilgacha AQShning Germaniyadagi elchisi, 2019 yildan 2021 yilgacha esa prezidentning Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.

Kiritildi: Bugun 13:03. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!