Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tramp prezidentga tegishli barcha moddiy imtiyozlardan voz kechmoqchi

Tramp prezidentga tegishli barcha moddiy imtiyozlardan voz kechmoqchi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatida davlat rahbariga tegishli barcha moddiy imtiyozlardan voz kechishini ma’lum qildi.

NBC telekanaliga bergan intervyusida u yiliga 400 ming dollar miqdoridagi prezidentlik maoshini olmasligini, shuningdek, umrbod pensiyadan ham voz kechishini aytdi.

“Men bir tiyinni ham olmayman. Bu mening davlat xarajatlarini kamaytirishga qo‘shgan hissamdir”, deb ta’kidladi Tramp.

Tramp, “ehtimol Jorj Vashingtonni istisno qilganda”, ish haqi olmagan birinchi AQSh prezidenti bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Birinchi prezidentlik muddatida ham Tramp prezidentlik maoshidan voz kechib, mablag‘larni xayriya va turli dasturlarga, jumladan, milliy bog‘larni muhofaza qilishga yo‘naltirgan edi.

Bunday qadamlarga qaramasdan, Tramp hamon AQShning eng boy odamlaridan biri hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,3 mlrd dollarni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 17:52. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!