AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp AQSh moliya vaziri lavozimiga investor Skott Bessent nomzodini ilgari surdi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
“Skott geosiyosat va iqtisodiyot sohalarida yetakchi xalqaro investor va strateglardan biri sifatida hurmatga sazovor”, deyiladi bayonotda.
Hozirda AQSh moliya vaziri lavozimida Janet Yellen faoliyat yuritmoqda.