Riversayd okrugi sherifi Chad Byanko AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampga yangi suiqasdning oldini olgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Mahbusning ismi - 49 yoshli Vem Miller.
Tramp saylovoldi tashviqoti o‘tayotgan joy yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punktida bir kishi qo‘lga olindi. Undan ikkita o‘q otish quroli va bir nechta soxta pasportlar olib qo‘yildi. Uning mashinasidagi davlat raqamlari ham qalbaki.
Hibsga olinganida Miller Trampga hech qanday tahdid qilmagan. Undan radikal materiallar ham topilmadi. U o‘qotar qurol saqlaganlikda gumonlanib hibsga olingan va keyinroq 5000 dollar garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Miller aybni rad etadi.
Federal hukumatlar sherifning suiqasdning oldi olingani haqidagi da’vosini tasdiqlamadi. Maxfiy xizmat, FQB va Adliya departamenti qo‘shma bayonot chiqarib, AQSh prezidentligiga nomzod hech qanday xavf ostida emasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz: joriy saylov kampaniyasi davomida Trampning hayotiga ikki marta suiqasd qilingan. Eron rahbariyati ham sobiq prezidentga tahdidlar qilgan.