Bu haqda CNN xabar bermoqda.
AQSh prezidentining tinchlik rejasi G‘azo sektori boshqaruvini siyosiy qarashlardan xoli bo‘lgan falastinliklardan iborat qo‘mitaga topshirish bandini o‘z ichiga oladi, deya xabar bermoqda telekanal.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoda garovda ushlab turilgan shaxslar ozod qilinganidan so‘ng HAMASni qurolsizlantirish uchun kerak bo‘lsa harbiy kuch qo‘llash niyatida ekanini ta’kidlagan edi.
Bundan tashaqari, Isroil G‘azodagi barcha asirlarni ozod etish bo‘yicha muzokaralarga bir necha kun ajratishi haqida xabarlar tarqalgan.