Evropa yetakchilari Ukrainadagi inqirozni bartaraf etish bo‘yicha kelishuvga erishishni istamoqda.
Report agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni bayonot berdi.
"Tez orada Yevropa yetakchilari bilan gaplashaman. Ular ajoyib insonlar, kelishuv tuzilishini xohlashmoqda", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida, Ukraina bo‘yicha Yevropa yetakchilari bilan onlayn-sammit oldidan.
Chorshanba kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers tashabbusi bilan Ukrainada tinchlik masalasiga bag‘ishlangan onlayn-sammit o‘tkaziladi. Unda Tramp, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Yevropa davlatlari rahbarlari va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi. Zelenskiy sammit oldidan Berlinga yetib kelgan.
Ushbu onlayn-sammit 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi arafasida tashkil etilmoqda.