Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Eronga qarshi dengiz blokadasini bekor qilish shartlarini aytdi

Tramp Eronga qarshi dengiz blokadasini bekor qilish shartlarini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida, Vashington Eronga qarshi dengiz blokadasini tinchlik kelishuvi imzolanmaguncha saqlab qolishini ma’lum qildi.

“Blokada kelishuvga erishilmaguncha, tasdiqlanmaguncha va imzolanmaguncha to‘liq kuchda qoladi. Ikki tomon ham vaqt ajratishi va hamma narsani to‘g‘ri bajarishi kerak. Hech qanday xato bo‘lishi mumkin emas”, deb yozdi Tramp.

Shuningdek, u AQShning sobiq prezidenti Barak Obama davrida Eron bilan imzolangan yadroviy kelishuvni tanqid qildi va uni “mamlakat tarixidagi eng yomon kelishuvlardan biri” deb atadi.

Trampning aytishicha, u Amerika rasmiylaridan Eron bilan yangi kelishuvni shoshilmasdan tayyorlashni talab qilgan. U AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar hozir “ancha professional va samarali” tus olayotganini ham ta’kidladi.

Kiritildi: 22:11 24.05.2026. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!