Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp: Eng ustuvor vazifamiz bu Ukraina inqirozini hal qilishdir

Tramp: Eng ustuvor vazifamiz bu Ukraina inqirozini hal qilishdir

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp yanvar oyida prezidentlikka kirishishi bilan Ukraina inqirozini hal qilishni o‘zining tashqi siyosatidagi asosiy ustuvor vazifaga aylantirmoqchi.

"Menimcha, biz Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muammoni hal qilishimiz kerak", dedi u Paris Match nashriga bergan intervyusida.

Yaqin Sharq ham “juda muhim masala” bo‘lsa-da, Ukrainadagi vaziyat “murakkabroq”, dedi Tramp. Siyosatchi intervyuda Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan "yuz minglab askarlar" haqida gapirdi.

Paris Match intervyusida Tramp Asad rejimi qulagandan keyin AQSh Suriyaga aralashmasligi kerakligi haqidagi talabini takrorladi. “Suriya o‘z muammolarini o‘zi hal qilishga majbur bo‘lishi kerak”, dedi u.

Kiritildi: 16:52 11.12.2024. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!