Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toza ichimlik suvi tanqisligiga yangi yechim topildi

Toza ichimlik suvi tanqisligiga yangi yechim topildi

Mutaxassislar noyob texnologiyalar asosida suv tozalaydigan ixcham komlekslarni ishlab chiqdi. Ularning yordamida uzoqda joylashgan aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi.

BMT ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda ikki milliardga yaqin kishi toza ichimlik suviga ega emas.

Yangi ishlab chiqilgan texnologiya tozalangan suvni ilgarigidek suvni tozalaydigan yirik stansiyalarga emas, bevosita suv bilan ta’minlash tarmog‘ining o‘zi orqali yetkazilishiga imkon yaratadi.

Bunday yondashuv suv tarmoqlaridan foydalanish, ularni qayta ta’mirlashga, suv tozalaydigan yirik stansiyalarga ketadigan harajatlarni iqtisod qilishga yordam beradi.

“Texnologiyaning noyobligi uning yuqori darajada zahiraviy samaradorligidadir. U elektr energiyasi va suv iste’molini sezilarli darajada qisqartiradi. Ixchamliligi bilan ham ajraladi, xususan, tozalovchi kompleks vandallarning xatti-harakatlariga, har qanday ob-havoga bas kela oladigan 24 kvadrat metrli mobil quti ichiga joylashtiriladi. Shuning bilan birga, moslama ifloslanganlikning turli darajalariga moslasha olishi ham kuzatiladi”, - deydi TPU “Toza suv” loyihasi bosh injeneri Andrey Matveev.

Qolaversa, injener so‘zlariga qaraganda, texnologiya uzoqdan nazorat qilish va zamonaviy moslamalar bazasida avtomatlashtirish tizimi bilan ta’minlangan.

Tozalash texnologiyasi reagentsiz bo‘lib, har bir suv tozalash stansiyasi muayyan aholi punktidagi ehtiyojlarga moslab ishlab chiqiladi.

Barcha moslamalar yagona dispetcherlik tizimi ostida birlashtirilgan bo‘lib, ular suv va elektr energiyasining sarflanishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar va jihozlarning holati yuzasidan kundalik ravishda ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

Bugungi kunda bunday stansiyalar Rossiyaning Tomsk viloyatining qator tumanlarida qo‘llanilmoqda, shu jumladan, keskin iqlim sharoitlariga ega shimoliy tumanlarda ham. Hozirda o‘n minglab kishi toza suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Olimlar bunday suv tozalash moslamalarini har qanday mamlakatda va har qanday iqlimda qo‘llash mumkinligiga ishonch bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, suv tanqisligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 25-o‘rinda joylashgan. Mazkur reytingda Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari ham o‘rin topgan – 32-o‘rin Qirg‘iziston, 51-o‘rin Tojikiston va 60-o‘rinda Qozog‘iston. Turkmaniston esa reytingda 15-o‘rinni egallab, mintaqada suvi eng kam mamlakat sifatida qayd etilgan.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:00 22.10.2019. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!