Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Toshkent mexanika zavodi “Lokomotiv” futbol klubidagi o‘z ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiradi. Bu haqda kompaniya Yagona korporativ ma’lumot portalida e’lon qildi.

Dekabr oyi boshida respublika rahbari Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjat bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladigan futbol klublari, hokimliklar va xo‘jalik sub’ektlarining klublardagi ulushlarining ro‘yxati tasdiqlangan.

Ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan futbol klublari va ta’sischilari ro‘yxati

Ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladigan futbol klublari va ta’sischilari ro‘yxati

 

Hozirda futbol klublarining asosiy aksionerlari davlat kompaniyalari hisoblanadi.

Masalan, Toshkent mexanika zavodi “Lokomotiv” FKning 58,2% , “O‘zbekiston temir yo‘llari” 20,9%, "O‘ztemiryo‘lovchi" 20,9% ulushiga egalik qilishadi.

“Dinamo” FK 100% Samarqand viloyati hokimiyatiga, "O‘zmetkombinat" esa “Metallurg” klubining 100% aksiyalariga egalik qiladi.

“Buxoro” FKning 80% Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga, 20% Buxoro viloyati hokimiyatiga tegishli, ammo “Paxtakor” FKning atigi 20% Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli. Qolgan 80% SFI Management Group tomonidan boshqariladi.

“Bunyodkor” bir vaqtning o‘zida beshta aksionerga ega, ammo asosiylari “O‘ztransgaz” (61,8%) va “Neftegazmontaj” (30,2%).

Klublarning ushbu va boshqa aksiyalari keyinchalik xususiy tadbirkorlarga sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladi.

Ushbu chora O‘zbekistonda futbol rivojiga foyda keltirishi kutilmoqda.

 

Kiritildi: 17:18 20.01.2020. O'qildi: 3852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!