Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentga qaysi mamlakatlar sarmoya kiritishga qiziqmoqda? Ortiqxo‘jayev bu haqda ma’lumot berdi

Toshkentga qaysi mamlakatlar sarmoya kiritishga qiziqmoqda? Ortiqxo‘jayev bu haqda ma’lumot berdi

Toshkent shahriga qaysi mamlakatlardan investorlar ko‘proq qiziqish bildirmoqda yoki amaliy harakatlarni boshlab yuborishgan? Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimlikda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarning shu kabi savollariga javob qaytardi. 

«Har bir davlatning iqtisodiy siyosati bo‘ladi. Amerikaliklar odatda ikkinchi bir davlatga sarmoya kiritishga shoshilmaydilar. Albatta, dunyoga ochilayotganimiz, Prezident Mirziyoyev tomonidan bir qancha davlatlarga vizalarning bekor qilinishi ham yordam beryapti. Shu hafta Marokash va Amerika elchilarini qabul qildim. Amerika O‘zbekistonga investisiya kiritish borasida harakatga tushib qolgan.

Turkiya borasida aytishim mumkinki, turkiyaliklar qayerda imkoniyat bo‘lsa sarmoya kiritishga, tez kirib, tez moslashadigan millat. Ular birinchi kirishni boshladi va ko‘p investisiya kiritdi. Koreyadan bor. So‘nggi ikki oyda Xitoydan investorlar kelishi jadallashdi. Rossiya, Qozog‘istondan kelishyapti. Tojikistondan takliflar bildirilyapti. Ozarboyjon, Afg‘oniston, arab davlatlari, ayniqsa, BAA bilan katta loyiha ustida ishlayapmiz. Dunyoning eng baland imoratini qurgan EMAAR kompaniyasi prezidenti keldi. Katta taassurot qoldi. Saudiya Arabistoni va Germaniya qiziqish bildiryapti. Ammo, ta’kidlash o‘rinliki, germaniyaliklar ham bu borada anchagina ehtiyotkor xalq. 

Ta’kidlash o‘rinliki, bizga qaysi davlat kirib kelayotgani yoki qiziqish bildirayotganining ahamiyati yo‘q. Yetarki, bizga kelsin, sarmoya kiritsin, ish o‘rni yaratsin, odamlar ish bilan band bo‘lsin», - dedi Ortiqxo‘jayev. 

Kiritildi: 18:22 30.06.2019. O'qildi: 2658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!