Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi "Farhod" bozorida IIB xodimlarining zo‘ravonligi"ga izoh berildi

Toshkentdagi "Farhod" bozorida IIB xodimlarining zo‘ravonligi"ga izoh berildi

Internet tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB xodimi va ichki ishlar bo‘limiga kelgan fuqaro orasidagi kelishmovchilik videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB bu borada rasmiy bayonot berdi.

"Uchtepa tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar bo‘limiga poytaxtda yashovchi fuqaro CH.T.dan murojaat kelib tushdi. Murojaatchi o‘z arizasida 41 yoshli Turg‘unpo‘lat X.ning undan 6.000.000 so‘m qarzi borligini ma’lum qilgan.

2021 yil 5 iyun kuni Uchtepa tumani IIO FMB profilaktika katta inspektori podpolkovnik M. Fozilov Turg‘unpo‘lat X.ni ichki ishlar bo‘limiga kelib tushgan murojaat bilan tanishib, mazkur fakt bo‘yicha tushuntirish xati yozishi uchun taklif qilgan. Xodimning ish joyiga Turg‘unpo‘lat bilan birga uning mazkur ishga aloqador bo‘lmagan ikki nafar tanishi (muqaddam ikki marta sudlangan 43 yoshli Farxod YU. va 34 yoshli Solijon T.lar) ham kirmoqchi bo‘lishdi. Xonani tark etish to‘g‘risidagi iltimosga javoban fuqarolar qo‘pol muomalada bo‘lib, holatni videoga tushirishni boshlashgan va bu bilan xodimning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan. Fuqarolar ichki ishlar bo‘limidan chiqarilishi jarayoni yuqoridagi videoga tushib qolgan. Kelishmovchilik davomida Turg‘unpo‘lat X. tushuntirish xati yozishga tayyorligini bildirib, o‘zi ham do‘stlarini tinchlantirmoqchi bo‘lgan".

    Kiritildi: 05:59 15.06.2021. O'qildi: 3608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
    telegram channel

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Eng ko'p o'qilgan yangilik

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!