Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda yuk mashinasi er-xotin o‘tirgan eshak aravani urib ketdi. Qurbon bor

Toshkentda yuk mashinasi er-xotin o‘tirgan eshak aravani urib ketdi. Qurbon bor

Toshkent viloyati. 2020 yilning 26 may kuni soat 06:00 da, haydovchi 28 yoshli Q.J., MCHJga tegishli “HOWO” rusumli, og‘ir yuk mashinani M-39 “Toshkent-Termiz” Xalqaro avtomobil yo‘li orqali “Toshkent-Chinoz” tomonga boshqarib, mazkur yo‘lning Yangiyo‘l tumani Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘lning o‘ng qismida eshak aravani boshqarib ketayotgan, fuqaro 24 yoshli X.V., va turmush o‘rtog‘i 20 yoshli O.V., larni avtomashinaning o‘ng old qismi bilan urib yuborib, yul-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada X.V. va uning turmush o‘rtog‘i O.V., lar olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, O.V,ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

27.05.2020 yilda X.V. ham ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandiga (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) qayta malakalangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:44 28.05.2020. O'qildi: 3391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!