Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda yangi bolalar bog‘chasi, maktab va universitet tashkil etiladi

Toshkentda yangi bolalar bog‘chasi, maktab va universitet tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligi  matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtda xususiy ta’lim muassasalari tarmog‘i ochiladi:

  • «Tashkent kindergarten» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti. Manzil: Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 26-uy;
  • «School of Tashkent» Xalqaro umumta’lim maktabi. Toshkent «Mehr-Shafqat» kasb-hunar kolleji binosida joylashib, kolejning o‘quvchilari 2019-2020 o‘quv yili oxirigacha shu binoda qolishadi.

Manzil: Yakkasaroy tumani, Vosit Vohidov ko‘chasi, 116-uy.;

  •  «Tashkent International University» xalqaro universiteti. Hozirgi kunda Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari tahsil olayotgan Toshkent moliya institutining korpuslarida joylashib, talabalar u yerda Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosi qurilmagunicha qoladilar.

Manzil: Yunusobod tumani, Kichik xalqa yo‘li, 7-uy.

Bolalar bog‘chasi va maktabda ta’lim olish haqida batafsil ma’lumot

Ta’lim-tarbiya jarayoni 2020-2021 yildan o‘zbek, rus va ingliz tillarida, to‘lov kontrakt asosida boshlanadi. O‘quv rejasi va dasturlari «Tashkent education» nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan mamlakatimiz davlat standartlarini inobatga olgan holda tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Maktab va bolalar bog‘chasiga qabul qilish talablari, tartibi va muddati ushbu tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanib, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari bilan kelishiladi.

Universitetda ta’lim olish haqida batafsil ma’lumot

Universitetda kunduzgi va boshqa ta’lim shakllari amal qiladi, kadrlarni tayyorlash davlat buyurtmasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Abituriyentlarni qabul qilish hamda bitiruvchilarni imtihondan o‘tkazish shart va muddatlari universitet tomonidan Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi. Universitetga 2022 yil 1 yanvarigacha soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Ochilish bilan shug‘ullanadigan kompaniya to‘g‘risida ma’lumot

Ochilish «Tashkent education» nodavlat ta’lim tashkilotini tomonidan, Britaniyaning «Velocius Ltd» kompaniyasi ishtirokida, amalga oshiriladi.

Ushbu tashkilot yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasining rezidentidir.

«Velocius Ltd» kompaniyasi esa o‘z hisobidan ob’ektlarni rekonstruksiya, kapital ta’mir, jihozlash va ishga tushirish hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Kiritildi: 12:08 11.11.2019. O'qildi: 1634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!