Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda tez yordamga ketayotgan "Tez yordam" mashinasi piyodani urib yubordi

Toshkentda tez yordamga ketayotgan "Tez yordam" mashinasi piyodani urib yubordi

Xizmat vazifasi bilan harakatda bo‘lgan tez yordam mashinasi piyodani urib yubordi va unga yordam ko‘rsatilishi maqsadida tez yordam chaqirtirildi.

Tez yordam haydovchisi Ahmed Amedovga nisbatan
1-220/19(1-1011-1903/161)-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, u avval ham jinoyat sodir etishda ayblangan.

“7news.uz”ning ishonchli manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, avtohalokat ortidan Ahmed Ahmedovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 266-moddasining 1-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ahmed Ahmedov “Damas” rusumli, davlat raqam belgisi 01 306 XEA bo‘lgan avtomashinasini Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani hududida joylashgan Qipchoq ko‘chasi tomondan, Yangi Sirg‘ali ko‘chasi tomonga boshqarib kelib, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 77-bandi 1,3-qismi talablariga rioya qilmay harakatlanishi natijasida 102-uyning qarshisida piyoda Adambayeva Robiya Azamad qizini urib yuborib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.

Sud-avtotexnika ekspertizasining 2019 yil 28 yanvar kungi
194-sonli xulosasiga ko‘ra, mazkur YTH sharoitida “Damas” rusumli, davlat raqam belgisi 01 306 XEA bo‘lgan avtomashina haydovchisi A.Ahmedov avtomobilni o‘z vaqtida tormoz berish yo‘li bilan hodisaning oldini olib qolish uchun texnik imkoniyatga ega bo‘lganligi aniqlangan.

Sudda ko‘rilgan ushbu jinoyat ishi ortidan Ahmedov Ahmedga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasining 1-qismi bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, 2 (ikki) yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:55 12.07.2019. O'qildi: 1897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!