Toshkentning Olmazor tumanida Spark va Matiz to‘qnashishidan bir kishi halok bo‘ldi.
Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 10 oktyabr kuni soat 23:30 larda Nurafshon ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1984 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan Spark va 2004 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvida bo‘lgan Matiz to‘qnashgan.
YTH natijasida Spark haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Ushbu mashina ichida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi hamda Matiz haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.