Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda karantinda to‘y boshlagan fuqarolar ustidan jinoyat ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda karantinda to‘y boshlagan fuqarolar ustidan jinoyat ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda belgilangan qat’iy karantin choralarini buzib to‘y marosimini boshlagan fuqarolar ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Joriy yilning 28 mart kuni soat 15:30 larda Yunusobod tumanida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro A.SH. ning xonadonida “Kuyov navkar” to‘y marosimining o‘tkazilayotgani aniqlangan. Hudud profilaktik inspektori tomonidan  mazkur oilaviy tadbir to‘xtatilgan  va uni o‘tkazayotgan egalari hudud Ichki ishlar  bo‘limiga olib ketilgan.

Aslida to‘y egasi hudud profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan to‘y marosimlarini o‘tkazish vaqtinchalik taqiqlanganligi haqida 27 mart kuni ogohlantirilgan bo‘lgan. Shunga qaramay, to‘y egalari karnay-surnay sadolari bilan to‘y harakatlarini boshlagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar maxkamasining 176 sonli qarorida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgunga qadar, har qanday to‘y marosimlari va oilaviy tadbirlar o‘tkazilishiinng to‘xtatilgani haqida belgilangan.

Kiritildi: 12:05 30.03.2020. O'qildi: 3369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!