Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda Jahongir "G‘ofur G‘ulom" bog‘i ortidan 60 ming dollarni o‘zlashtirib yubordi (FOTO)

Toshkentda Jahongir "G‘ofur G‘ulom" bog‘i ortidan 60 ming dollarni o‘zlashtirib yubordi (FOTO)

Toshkent shahar IIBB firibgar qurbonlarini qidirmoqda. Erkak 60 ming dollarni o‘zlashtirgani uchun qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

"40 yoshli Jahongir N. 37 yoshli Boburga qo‘shma biznes tashkil etish va investisiya loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qilgan. Gap Toshkentdagi "G‘ofur G‘ulom" bog‘ida yangi attraksionlar olish va o‘rnatish haqida ketayotgan edi", — deyiladi huquq-tartibot idorasi xabarida.

Buning uchun Bobur Jahongirga 60 ming dollar bergan, ammo Jahongir pulni olgach, va’dasini bajarmagan. U pulni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkentda Jahongir "G‘ofur G‘ulom" bog‘i ortidan 60 ming dollarni o‘zlashtirib yubordi (FOTO)

"Agar ushbu shaxsning qilmishidan jabrlangan bo‘lsangiz, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 102, +99899 862-02-00, +99898 121-35-30", deb yozadi IIBB.

Kiritildi: 12:07 12.04.2022. O'qildi: 8277 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!