Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda ilk marta "Tashkent Book Fest" xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi

Toshkentda ilk marta "Tashkent Book Fest" xalqaro kitob-ko‘rgazma yarmarkasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Tashkent Book Fest" xalqaro kitob ko‘rgazmasini tashkil etmoqda.

? Ko‘rgazma joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

? Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

? Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.

"Tashkent Book Fest" — mamlakatimiz madaniy hayotida yorqin voqea.

Barcha kitobsevarlarni Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazmasi yarmarkasiga taklif qilamiz.

☎️ Murojaat uchun:
71 244 23 72

Kiritildi: 12:04 19.09.2019. O'qildi: 1678 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!