Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda gripp ko‘paygan. Grippga qarshi vaksina ham olib keltiryapmiz - Shavkat Mirziyoyev

Toshkentda gripp ko‘paygan. Grippga qarshi vaksina ham olib keltiryapmiz - Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi uchrashuvda koronavirus haqida gapirdi.

- Koronavirus pandemiyasi davrida aholining salomatligini saqlash uchun 80 trln mablag‘ sarfladik. Menga 80 trln emas, bir insonning hayoti muhimroq. Mana ko‘ryapmiz, koronavirusning boshqa shtammlari ham chiqyapti. Bu bizni bezovta qilyapti. Qish kelyapti. Hozir gripp kuchayyapti, ayniqsa Toshkentda gripp ko‘paydi. Dushanba kuni grippga ham qarshi vaksinalar olib kelyapmiz. Ammo “koronavirus gripp ekan” degan gaplar yolg‘on. Aziz hamyurtlarim, vaksina qilish kerak. Kasallik oson o‘tadi, asoratlari kamroq bo‘ladi. Har birimiz o‘zimizni saqlashimiz kerak, dedi nomzod so‘zining avvalida.

Kiritildi: 11:08 21.10.2021. O'qildi: 1980 marta. Fikrlar soni: 8 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!