Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda bepul metro kuni va avtomobilsiz kun tadbirlari tashkil etiladi

Toshkentda bepul metro kuni va avtomobilsiz kun tadbirlari tashkil etiladi

2019 yilda Toshkent birinchi marta har yili 16-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan va dunyoning 50ga yaqin mamlakat ishtirok etadigan Yevropa harakatlanish haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegasiyasi ko‘magida Toshkent shahri hokimligi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Yevropa harakatlanish haftasi doirasidagi tadbirlarning tashabbuskori hisoblanadi.

16-22 sentyabr kunlari poytaxtda turli xil harakat usullarini targ‘ib qilish va ommalashtirish orqali aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalashtirilgan. Tashkilotchilar poytaxt aholisi va mehmonlarini ikkita kampaniyada ishtirok etishga taklif qilmoqdalar:

Bepul metro kuni

2019 yil 19 sentyabr, Toshkent metrosining barcha stansiyalari

Metrodan foydalanishni ommalashtirish uchun 19 sentyabr kuni metroda sayohat bepul bo‘ladi. Shu kuni stansiyalardagi o‘tishlar musiqachilar, aktyorlar va boshqa ko‘ngilochar dasturlarning sahnasiga aylanadi. Aksiya tashkilotchilari poytaxt aholisi shu kuni o‘z mashinalarini qoldirib, ishxonalariga metroda borishga qaror qilib ushbu transport turining tejamkorligi va tezligini yuqori baholashadi, deb umid qilishmoqda.

Avtomobilsiz kun

22 sentyabr, Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi

22 sentyabr kuni poytaxt aholisi va mehmonlari o‘zlarining mashinalarini tashlab, poytaxtning Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab piyoda sayr qilishga taklif etiladi. Ishtirokchilar bayramona muhitdan zavqlanib, turli ko‘ngilochar va ma’rifiy tadbirlarda qatnashishlari uchun ko‘cha kun bo‘yi avtomobillar uchun yopiq bo‘ladi. Shu kuni shaharda harakatlanish, xavfsizlik, piyodalar, velosipedchilar va haydovchilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning muhimligi mavzusida master-klasslar va mini-musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Avtomobilsiz kun «Seul» bog‘idagi bayram konserti bilan yakunlanadi. Ushbu kun tadbirlari «Birga yuramiz!» shiori ostida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 16:25 14.09.2019. O'qildi: 2203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!