Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda ayol inspektorga shikoyat qildi: "Erim tinimsiz kaltaklaydi, yordam bering"

Toshkentda ayol inspektorga shikoyat qildi: "Erim tinimsiz kaltaklaydi, yordam bering"

Chilonzor tumanida yashovchi Fazilat (ismlar o‘zgartirilgan) hududiy profilaktika inspektoridan unga qo‘lini ko‘taradigan eri Tursunga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ichki ishlar organlari xodimi Tursun bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi va uni javobgarlikka tortishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ammo u mast bo‘lib, uyda janjal chiqarib, ayoliga yana qo‘l ko‘tardi. Voqeani xabar topgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor va hududiy profilaktika inspektorl voqea joyiga yetib kelishdi. Suhbat davomida ayol eri spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi, shundan keyin tajovuzkor bo‘lib qolishi va bunday vaziyatda masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi.

Jabrlanuvchining eri bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. Ayolga himoya orderi berildi. Er-xotinlarga ushbu hujjat ayolga qanday huquqlar berishi, erkakning zimmasiga qanday mas’uliyat yuklangani va turmush o‘rtog‘i qayta murojaat qilgan taqdirda qanday oqibatlarga olib kelishi tushuntirildi.

Kiritildi: 10:16 10.08.2020. O'qildi: 3737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!