Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda 150 ming so‘m evaziga fahsh makoniga aylangan xonadon davlat foydasiga musodara qilindi

Toshkentda 150 ming so‘m evaziga fahsh makoniga aylangan xonadon davlat foydasiga musodara qilindi

Davlat egaligiga o‘tkazilgan xonadon oradan to‘rt yil o‘tib o‘zining haqiqiy egasiga qaytarildi. 2019 yil 11 iyul kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida manfaatdor tomon A.Rahmonqulovaning murojaatiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudining 2015 yil 12 noyabrdagi hukmi o‘zgardi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudining 2015 yil 12 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, M.Qodirova O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, JKning 57- moddasini ko‘llab, eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida, ya’ni 651.000 so‘m jarima jazosiga tayinlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, M.Qodirova 2015 yil 7 sentyabr kuni soat 19:30da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 23-uy, 17- xonadonda A.Malikov va M.Tulyaganovalarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga 150.000 so‘m pul olgan.

“7news.uz”ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar apellyasiya instansiyasining 2015 yil 24 noyabrdagi ajrimiga ko‘ra, prokurorning apellyasiya protesti qanoatlantirilib, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 23-uy, 17-xonadon jinoyat quroli sifatida davlat egaligiga o‘tkazish belgilangan.

Apellyasiya instansiyasi aniqlangan holatlarga asosan manfaatdor tomon A.Raxmankulova o‘ziga tegishli xonadonni 2015 yil taxminan avgust oyida o‘ziga tegishli Toshkent shahar, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 23/1-uy, 17-xonadonni ijaraga oluvchiga keyinchalik ijara shartnomasi tuzish sharti bilan bergan. Jinoyat 2015 yil 7 sentyabr kuni M.Qodirova tomonidan sodir etilgan.

Bundan tashqari, manfaatdor tomon A.Raxmankulova sudlangan M.Qodirova bilan jinoyat sodir etilishi yuzasidan biron-bir kelishuvga kelishmagan, M.Qodirovani umuman tanimagan hamda uning jinoyat sodir etishidan xabari bo‘lmagan.

Bunday holda, apellyasiya instansiyasi, tuman sudi tomonidan Toshkent shaxar, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 23/1-uy, 17-xonadon ashyoviy dalil va jinoyat quroli sifatida e’tirof etmay asosli xulosaga kelgan deb, keltirilgan protestni rad qilishni hamda ushbu xonadonni qonuniy egasi A.Raxmankulovaning egaligida qoldirishni lozim deb topadi.

Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudining 2016 yil 11 fevraldagi ajrimini bekor qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

Kiritildi: 15:42 12.07.2019. O'qildi: 3364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!