Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 1 milliard so‘mdan oshiq pulga sotib olingan uy sifatsiz chiqdi

Toshkentda 1 milliard so‘mdan oshiq pulga sotib olingan uy sifatsiz chiqdi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro Akramov Davron murojaat qildi.

Arizaga yangi sotib olingan uy sabab bo‘lgan. Akramov 2016 yil 8 iyunida xususiy tadbirkor Zokirov Ravshandan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uyni 1 032 000 000 so‘mga sotib oladi.

Ammo oradan ko‘p o‘tmay, sifatsiz uyning kamchiliklari yuzaga chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, isitish tizimida ham muammolar paydo bo‘ladi.

Davron Akramov uyni qurib, unga sotgan R. Zokirov bilan bog‘lanishga harakat qiladi, ammo qo‘ng‘iroqlari javobsiz qoladi. Shundan so‘ng, ancha sarson bo‘lgan Akramov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federasiyasiga murojaat qiladi.

Federasiya mutaxassislari vaziyatni o‘rganib chiqdi va iste’molchi haq ekanligi, uyda ma’lum muammolar mavjudligi isbotini topdi.

Natijada, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi aralashuvi bilan iste’molchiga uy uchun to‘lagan puli — 1 032 000 000 so‘m to‘liq qaytarib olib berildi.

Kiritildi: 20:02 12.07.2019. O'qildi: 1949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!