Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida qalbaki dollar olib ketayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida qalbaki dollar olib ketayotgan shaxslar ushlandi

«Qamchiq» dovonining boshlanish qismida joylashgan Toshkent viloyati IIBB YHXBga qarashli «Chinor» muntazam yo‘l patrul xizmati postida qalbaki dollarlar olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqla «Daryo»ga Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 13 yanvar kuni YPX inspektorlari tekshirish uchun Nexia avtomobilini to‘xtatgan. Avtomobil yukxonasi ko‘zdan kechirilganda boshqa transport vositasiga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi borligi aniqlangan. Haydovchi davlat raqami korxonaga qarashli yuk avtomobiliga tegishli ekanligini aytgan.

Shundan so‘ng inspektorlar avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchilar bilan suhbatlashib, hujjatlarini tekshirgan. Tekshiruv davomida yo‘lovchilardan biri o‘zini g‘alati tutib, xodimlardan ko‘zini yashirishga harakat qilgan. Ushbu yo‘lovchi guvohlar ishtirokida to‘liq tekshirilganida o‘zi bilan 1 200 dollar olib ketayotgani aniqlangan.

Dollarlar xodimlarda shubha uyg‘otganligi sababli tezkor xizmat vakillari bilan birgalikda tekshirilganda ular qalbaki ekanligi aniqlangan.

Avtomobil, yo‘lovchilar va ulardan olingan ashyoviy dalillar bilan birgalikda Ohangaron tuman IIBga topshirilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:26 16.01.2020. O'qildi: 2335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!