Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida paxta sotish rejasi ortig‘i bilan bajarildi

Toshkent viloyatida paxta sotish rejasi ortig‘i bilan bajarildi

Toshkent viloyati paxtakorlari qariyb 220 ming tonnalik paxta terib, davlatga paxta sotish rejasini ortig‘i bilan bajardi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Qayd etilishicha joriy mavsum viloyatda 73 ming gektarda g‘o‘zaning serhosil, mahalliy iqlimga mos navlari parvarishlanib, mo‘l hosil yetishtirildi. Hududning o‘ziga xos geografik iqlim sharoitidan kelib chiqib, yig‘im-terim mavsumi boshqa hududlarga nisbatan kechroq boshlangan bo‘lsa ham, paxtakorlar belgilangan rejani bajardi.

Ayniqsa Chinoz, Quyi Chirchiq, Piskent va O‘rta Chirchiq tumani paxtakorlari yuqori hosildorlikka erishib, belgilangan rejani ortig‘i bilan bajargan.

Jumladan, chinozlik paxtakorlar joriy mavsum 18 ming 600 tonna paxta topshirish majburiyati olib, amalda qabul punktlariga qariyb 21 ming tonna paxta topshirdi. Quyi Chirchiq tumani mirishkorlari esa 27 ming tonna o‘rniga qariyb 30 ming tonna paxta topshirib, belgilangan rejani 10 foiz ortig‘i bilan uddaladi.

8 ming 100 gektardan ortiq maydonga chigit qadab, mo‘l hosil yetishtirgan piskentlik paxtakorlar ham peshqadamlar qatoridan o‘rin oldi. Ayni paytga qadar piskentliklar qabul punktlariga 23 ming 400 tonna o‘rniga 25 ming tonnadan ortiq paxta topshirdi.

Shuningdek, 26 ming 100 tonna paxta topshirish majburiyatini olgan O‘rta Chirchiq tumani paxtakorlari ham rejani 6 foiz ortig‘i bilan bajarib, viloyat bo‘yicha paxta rejasi bajarilishiga munosib hissa qo‘shgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:02 13.11.2019. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!