Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida bog‘chalarda qancha bola zaharlangani ochiqlandi

Toshkent viloyatida bog‘chalarda qancha bola zaharlangani ochiqlandi

Vazir boshchiligidagi mas’ullar Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuzaga kelgan holatni o‘rgandi.

Avvalroq Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qayd etilgan holat yuzasidan vazirlik tomonidan dastlabki munosabat bildirilgandi.

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev hamda mas’ullar Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Bo‘ka tumanlarida bo‘lib, vaziyatni joyiga chiqib o‘rgandi.

Tegishli tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalliy hokimlik vakillari bilan hamkorlikda bog‘chalardagi sharoitlar, oshxonalar holati ko‘zdan kechirildi. Rahbarlar va tarbiyachilar bilan muloqot o‘tkazildi.

Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida bo‘lib, ularning salomatligi barqaror. Shuningdek, Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi tarbiyalanuvchilar ham bosqichma-bosqich tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Shu kungacha bolalar sog‘ligiga jiddiy xavf tug‘diradigan holatlar aniqlanmadi.

Mazkur vaziyat huquq-tartibot organlari nazoratiga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:25 25.09.2025. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!