Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyati YHXB qarzdor haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

Toshkent viloyati YHXB qarzdor haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida avtomobil yo‘llarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga 468 mingdan ortiq jarimalar belgilandi.

 

Hozirgi kunga kelib, ushbu belgilangan jarimalarning 267 mingdan ortig‘i undirildi. Belgilangan jarimalarning 58 mingdan ziyodi jarima to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kunga 60 kun muddat bo‘lganligiga qaramasdan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamayaptilar.

 

Ushbu sodir etgan ma’muriy huquqbuzarligi uchun tuzilgan ma’muriy bayonnomalar uchun belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3-moddasi, ya’ni ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga asosan jarimalarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda yo‘l harakati qoidalarini buzib, ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan fuqarolar yashash hududidagi hududiy yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlariga bormasdan turib ham sodir etgan ma’muriy huquqbuzarligi va jarimasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsa bo‘ladi.

 

Buning uchun 8860 qisqa raqamiga transport vositasini davlat raqam belgisini hamda transport vositasini qayd etish guvohnomasini seriya va raqamini SMS orqali yuboriladi, oz muddat ichida SMS orqali sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ma’lumot va belgilangan jarima miqdori (sodir etilgan sana va jarima miqdori) keladi. Ushbu ma’lumotlar orqali belgilangan jarima uchun to‘lovni istalgan joyda amalga oshirish mumkin.

Toshkent viloyati 

IIBB YHXB Matbuot xizmati

Kiritildi: 14:06 19.11.2019. O'qildi: 1558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!