Toshkent viloyati FVBga 22 noyabr kuni soat 11:43 da Toshkent tumani, “Obodlik” MFY, Oybek ko‘chasida joylashgan MCHJga qarashli binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi.
Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan. Ekipajlar yong‘in joyiga soat 11:50 da yetib borib, yong‘in soat 13:30 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inning kelib chiqishi sababini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.