"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Uchtepa tumanida “X. S.” ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkatga qarashli ob’ektning elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 320 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.