Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi

Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi

Hukumat qarori (762-son, 02.12.2020 y.) bilan Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etildi. 

📝 Axborot-kommunikasiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda iqtisodiyotning ehtiyoji yuqori bo‘lgan boshqa sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 

🏢 Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. 

💰 Universitetda o‘qitish yapon va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlanadi. 

➡️ Talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori “Digital Knowledge Co., Ltd.” (Muassis) tomonidan belgilanadi.  

✅ Shuningdek, Universitetga har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan 10 nafardan kam bo‘lmagan abituriyent o‘qishga tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) qabul qilinadi. 

♻️ Universitetning “Muhandis-dasturchi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga talabalar 2020/2021 o‘quv yilidan, “Kompyuter grafikasi va dizayn” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga esa keyingi o‘quv yilidan qabul qilinadi.

📋 Bitiruvchilarga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda O‘zbekistonning belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.

Kiritildi: 15:18 03.12.2020. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!