Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

Toshkent shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

O‘zenergoinspeksiya Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan A. O. G. MCHJga qarashli binoda shartnomasiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 426 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

1️⃣ Shu kabi holat Shayxontohur tumanida fuqaro "Q. M."ga qarashli novvoyxonada ham aniqlanib, gaz ta’minoti korxonasiga 315,6 million so‘mlik zarar yetkazilganligi qayd etildi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:29 13.08.2025. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!