Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrida ro‘molli qizlar maktabga kiritilmadimi?

Toshkent shahrida ro‘molli qizlar maktabga kiritilmadimi?

Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda «Aytishlaricha, Toshkentdagi 168-maktabda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmabdi» sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar bo‘yicha izoh berdi.

Boshqarma xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan poytaxning Chilonzor tumani xalq ta’limi bo‘limi maxsus ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Qayd etilishicha, 11 yanvardan barcha umumta’lim maktablarida III chorak darslari boshlangan. Jumladan, 168-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham o‘quvchilar to‘liq karantin qoidalariga amal qilgan holda nazorat ostida ta’lim jarayonida ishtirok etmoqda.

O‘rganishlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki dars kunida o‘nga yaqin o‘quvchi qiz maktabga ro‘molda o‘qishga kelgan. Qizlar va ularning ota-onalariga maktab ma’muriyati tomonidan ko‘cha-ko‘yda farzandlari ro‘molda yurishlari mumkinligi, ammo dars chog‘ida to‘liq kiyinish tartib-qoidalariga amal qilishlari lozimligi tushuntirilgan.

«Biroq, ijtimoiy tarmoqda qayd etilganidek, ro‘molli qizlarning darslarga qo‘yilmaganligi haqidagi ma’lumot o‘z isbotini topmadi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, shahar Xalq ta’limi boshqarmasi ota-onalarga uydirma va bo‘hton xabarlar tarqatishdan ko‘ra, aniq dalillarga tayangan holda ma’lumot berishlarini so‘ragan.

Kiritildi: 19:55 14.01.2021. O'qildi: 3774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!