Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent metrosi uchun yana 19ta to‘rt vagonli poyezdlar olib kelinadi

Toshkent metrosi uchun yana 19ta to‘rt vagonli poyezdlar olib kelinadi

Kelgusi yil oxirga qadar Toshkent metropoliteni uchun yana 19ta to‘rt vagonli yangi poyezdlar olib kelinadi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 16 oktyabrda qabul qilingan 5260-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, 2021 yil oxirga qadar 5 ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilinadi. Buning natijasida metro poyezdlari jami soni 80 taga yetkazilib, metro poyezdlarining o‘rtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqartiriladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Toshkent metropolitenida mavjud 59 ta metro poyezdlarini 44 tasi 21-40 yil mobaynida foydalanib kelinmoqda.
Yangi qarorda, shuningdek, metro poyezdlari qatnov intervalini qasqartirish vazifasi ham qo‘yilgan. Unga ko‘ra, Chilonzor yo‘nalishi poyezdlari har 3 daqiqada, O‘zbekiston yo‘li poyezdali har 4 daqiqada qatnay boshlaydi.
Buning natijasida, yo‘lovchilarni manzilga yetkazish vaqti yer usti transportiga nisbatan 2-3 baravar tezlashadi, yo‘lovchi tashish hajmi 2 martaga ortadi va kunlik yo‘lovchilar soni 480-500 mingga yetadi, - deyilgan qarorda.
Qarorda shuningdek, Toshkent metropoliteninigsh 2022-2030 yillarda tizimli rivojlantirish mexanizmi ham aytib o‘tilgan. Buning uchun turli soha mutaxasislaridan iborat 3ta ishchi guruh tashkil etish belgilangan.

Kiritildi: 17:00 20.10.2021. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!