Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent yer usti metro yo‘lida ilk sinov qatnovi tasvirga olindi (video)

Toshkent yer usti metro yo‘lida ilk sinov qatnovi tasvirga olindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yer usti halqa metro yo‘lida poyezdining ilk harakatlanishidan videolar e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Toshkent metrosi qurilishida 3 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 

Shundan uzunligi 6,8 kilometr, umumiy qiymati – 170,1 mln AQSh dollarini bo‘lgan Sergeli liniyasi 2019 yil oxiriga qadar qurib foydalanishga topshirilishi ma’lum qilingan edi.

«Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi» loyihasining esa umumiy qiymati – 124,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi, uzunligi 2,93 kilometrdan iborat. Qurilish ishlari joriy yilda to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu yo‘nalishda bekatlar soni 2 ta (Yunusobod va Turkiston) bo‘lib, ularning o‘rtacha oralig‘i 1,43 km. Platformalarning uzunligi 102 metrni tashkil etib, elektropoyezdlar ikki tomonlama harakatlanadi.

3-loyiha bu yer usti metro xalqa yo‘li qurilishi bo‘lib, uning umumiy uzunligi 54,8 kilometrni tashkil etadi. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan loyiha olti bosqichda amalga oshiriladi. Ushbu metro liniyasida 35 ta bekat quriladi.

Kiritildi: 11:03 13.09.2019. O'qildi: 3714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!