Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toqayev OAVni Qozog‘istonning mafkuraviy suverenitetini ta’minlashga chaqirdi

Toqayev OAVni Qozog‘istonning mafkuraviy suverenitetini ta’minlashga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Respublika ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasbiy bayrami bilan tabriklar ekan, ularni mamlakatning axborot xavfsizligini hamda mafkuraviy suverenitetini ta’minlashga chaqirdi.

"Mamlakatning axborot xavfsizligi va mafkuraviy suverenitetini ta’minlash uchun jurnalistlarimizning Qozog‘istonda va dunyoda bo‘layotgan voqealarga nisbatan o‘z nuqtai-nazari bo‘lishi kerak", – deya ta’kidlagan Toqayev o‘z tabrigida.

Prezidentning aytishicha, bugungi kunda internet ishonchsiz axborotlar bilan to‘lib ketgan. "Bunday murakkab sharoitda aynan sizning ob’ektiv va tanqidiy qarashlaringiz yolg‘on va mish-mish xabarlarning tarqalishiga ishonchli to‘siq bo‘la oladi. Shu bois professional jurnalistikaning ahamiyati har qachongidan ham yuqori", – dedi u.

Toqayevning ta’kidlashicha, "barchamizning oldimizda yangi, adolatli Qozog‘istonni qurishdek, muhim vazifa turibdi".

Kiritildi: 12:08 28.06.2022. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!