Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Topinambur-ernok uzoq umr ko‘rish vositasi

Topinambur-ernok uzoq umr ko‘rish vositasi

Topinamburni  xalqimiz ernok deb  ham ataydi. Amerikalik hindular uni uzoq umr ko‘rish vositasi  deyishadi. Chunki,  uning tanani umumiy quvvatini oshiruvchi xususiyatlari bisyor.

Ernokdan muntazam iste’mol qilib turilsa, a’zolarga tuz yig‘ilishi, 2-tur qandli diabet, me’da-ichak xastaliklari, kamqonlik, ateroskleroz, buyrak va siydik yo‘llarida tosh hosil bo‘lishida, asab kasalliklarining oldini olishda juda qo‘l keladi.

Ernok bargini, kartoshkasini yangi holda yoki quritilgan holda ishlatish mumkin. Yangi terib olingan kartoshkasidan 50 g. tozalab, unga hech narsa qo‘shmasdan ovqatdan 30 daqiqa oldin, kuniga 3 mahal iste’mol qilinsa, qondagi qand miqdori kamayadi. Bargidan salat tayyorlansa faqat qandli diabetnigina emas, balki gipertoniya, me’da osti bezi xastaliklarini davolashda ham ahamiyati juda kattadir.

Yangi terib olingan, yernokning sarxilidan 1 litr suvga  3 donasini solib, 10-15 daqiqa davomida meva sharbati kabi qaynatasiz.

Ernokning quritilgan kartoshkasidan ishlatmoqchi bo‘lsangiz, 1-2 litr suvga 3 osh qoshiq olib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz.

Iliq holda yoki sovutilganini kuniga 1 l.dan ichish tavsiya etiladi. Bunday qaynatma qondagi qand miqdorini kamaytiribgina qolmay, balki qon bosimini ham tushiradi. Me’da osti bezining ish faoliyatini yaxshilaydi, qondagi gemoglobin miqdorini oshiradi.

Kiritildi: 07:45 25.08.2019. O'qildi: 2594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!