Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tong tabassumi!.. (25-qism)

Tong tabassumi!.. (25-qism)

Katta ko‘chada bir bolakay yig‘lab turardi. Milisioner kelib so‘radi:

— Nega yig‘layapsan?

— Adashib qoldim.

— Uy manzilingni bilasanmi?

— Ha.

— Qani, ayt-chi!

— Dada. Oyi. Ru.

— IYE, g‘alati ekan-ku manziling!.. Isming nima o‘zi?

— Adminstrator.

 

***

Teatr. Tomoshabinlar o‘z joylarini egallashmoqda. O‘rindiqlardan birida erkak oyoqlarini qo‘shni o‘rindiqqa, qo‘llarini yana boshqa bir o‘rindiqqa qo‘yib olgancha o‘tirardi. Joy egasi kelib dedi:

— Kechirasiz, bu joy meniki edi. Oyoq-qo‘llaringizni yig‘ishtirib olasizmi?

Jimlik.

— Menga qarang, joyni bo‘shating!

Jimlik.

Joy egasi uning yoqasidan g‘ijimlab baqirdi.

— Vey, eshitayapsanmi? Joyni bo‘shat dedim! Qayerdan kelib qolding o‘zi sen yaramas?

Erkak sekin ko‘zlarini ochdi-da, bazo‘r shivirladi.

— Balkondan tushdim...

 

***

Yigit qizga dedi:

— Yur, biznikiga borib choyxo‘rlik qilamiz!

— Istamayman.

Yigit uzoq vaqt yalingach, qiz rozi bo‘ldi. Ular dorixona yonidan o‘tib borishayotganda qiz dedi:

— Yuring, dorixonaga kirib chiqaylik!

— Nega?

— Choyga qo‘shib ichishga biror narsa olardik.

Kiritildi: 07:00 30.10.2020. O'qildi: 3278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!