Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan 9 nafar o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

Tomskdagi yong‘inda halok bo‘lgan 9 nafar o‘zbekistonlikning shaxsi aniqlandi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Tomsk viloyatida yuz bergan yong‘inda halok bo‘lgan 9 nafar o‘zbekistonlikning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.

Shaxsiga aniqlik kiritilgan qurbonlardan 8 nafari Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidan. Yana bir qurbon Samarqand viloyatidan.

Halok bo‘lganlar:

1. Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

2. Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

3. Mo‘minov Xurshid Mehriddin o‘g‘li, 1997 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

4. G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li,1998 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

5. Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

6. Hasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

7. Norov Mehriddin G‘aybullayevich, 1966 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

8. Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

9. Hasanov Umid Karimovich, 1979 yil (Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida isqitomat qilgan)

Hozirda 10-qurbonning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

21 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:05 da Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda ko‘chasidagi bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu uylarda «Grinvud» yog‘och kompaniyasida ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik istiqomat qilgan.

Hodisa oqibatida 10 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, 2 o‘zbekistonlik omon qolgan. Shuningdek, bir nafar rus ayoli ham yong‘inda vafot etgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, qurbonlarning jasadlari qorayib, kuyib ketgan hamda tanib bo‘lmas darajaga kelgan.

«Ularning shaxsi genotipik ekspertiza yordamida aniqlanadi. Ya’ni halok bo‘lganlarning qarindoshlaridan qon namunasi olinadi va tana qoldiqlari namunalari bilan solishtiriladi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida

Kiritildi: 19:32 21.01.2020. O'qildi: 3275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!