Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tomskda yong‘inda yana bir o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

Tomskda yong‘inda yana bir o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

Tomsk viloyati Pervomayskiy tumani Voznesenka qishlog‘ida vagoncha yonib ketish oqibatida O‘zbekiston fuqarosi SH.R. vafot etdi. Bu haqda TIV mamlakatning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasining ma’lumotiga asoslanib xabar qildi.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan birgalikda fuqaroning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Buryatiya Respublikasi, Tiva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Zabaykal o‘lkasi, Krasnoyar o‘lkasi, Irkusk viloyati, Kemerovsk viloyati, Novosibirsk viloyati, Omsk viloyati, Tomsk viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: + 7 (383) 246-04-85; + 7 (383) 246-04-63, + 7 (383) 246-04-64; + 7 (383) 246-04-84.

 

Kiritildi: 18:05 23.01.2020. O'qildi: 2251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!