Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Tolibon» kasalxona yaqinida terakt uyushtirdi. Halok bo‘lganlar va yaralanganlar ko‘pchilikni tashkil etadi

«Tolibon» kasalxona yaqinida terakt uyushtirdi. Halok bo‘lganlar va yaralanganlar ko‘pchilikni tashkil etadi

Afg‘oniston janubidagi Kalat shahrida (Zabul viloyati) minalashtirilgan mashina portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetgan, kamida 95 kishi tan jarohati olgan. Halok bo‘lganlar va jabrlanuvchilarning bari — tinch aholi vakillari.

Portlash shahar markaziy kasalxonasi yaqinida sodir etilgan, qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillari, bemorlar va shifokorlar ekanligi aytilmoqda.

Bino jiddiy shikastlangan, shu sababli jarohatlanganlar xususiy klinikalarga yetkazilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, portlash manzili yaqinida Milliy xavfsizlik direktorati ham joylashgan.

Portlash uchun javobgarlikni «Tolibon» harakati zimmasiga oldi.

Kiritildi: 13:15 19.09.2019. O'qildi: 1905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!