Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Tolibon" Afg‘onistonni qanday davlatga aylantirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

"Tolibon" Afg‘onistonni qanday davlatga aylantirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

"Tolibon" vakillari Afg‘oniston hokimiyat tepasiga kelgandan keyin davlatning siyosiy tuzilishi qanday bo‘lishini tasvirlab berishdi. Bu haqda harakatning rasmiy vakili Zabiulla Mujohid RIA Novosti bilan suhbatda gapirdi.

Unga ko‘ra, "Tolibon" xalq vakillaridan iborat kengash orqali Islom hukumatini tashkil qiladi.

Mujohid hokimiyatni tashkil qilishning aynan shunday shakli zarurligini saylov mexanizmining nomukammalligi va ularning xavfi bilan izohladi. "Afg‘onistonda bir necha bor saylovlar bo‘lib o‘tgan va har safar ular ustidan chuqur ziddiyatlar bo‘lgan", dedi u. Harakat vakili saylovlar tufayli mamlakatda mojarolar va millatlararo nizo boshlanib, bu davlatning hududiy yaxlitligiga tahdid solganini qo‘shimcha qildi.

Guruh a’zosi kengashga xalq vakillari qanday saylanishiga aniqlik kiritmadi.

Avvalroq Mujohid bu harakat Afg‘oniston chegaralarining 90 foizini egallab olgani va ushlab turishini aytgandi. Eron, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar to‘liq nazorat ostida.

Kiritildi: 23:25 22.07.2021. O'qildi: 10638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!